CFDA yillik mukofotlar uchun nomzodlar ro‘yxatini taqdim etdi
Taqdirlash marosimi 28-oktyabr kuni Amerika tabiiy tarix muzeyida bo‘lib o‘tadi
Amerika modelyerlar kengashi CFDA yillik mukofotlar uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqdirlash marosimi 28-oktyabr kuni Amerika tabiiy tarix muzeyida bo‘lib o‘tadi.
Quyidagi toifalar bo‘yicha nomzodlar e’lon qilindi:
- “Eng yaxshi boshlovchi dizayner”: Presley Oldham, Tanner Richie va Fletcher Kasell (Tanner Fletcher), Jackson Wiederhoeft (Wiederhoeft), Henry Zankov (Zankov).
- “Eng yaxshi amerikalik ayollar liboslari dizayneri”: Rachel Scott (Diotima), Marc Jacobs, Jack McCollough va Lazaro Hernandez (Proenza Schouler), Thom Browne va Tory Burch.
- “Eng yaxshi amerikalik erkaklar liboslari dizayneri”: Mike Amiri (Amiri), Emily Adams Bode (Bode), Thom Browne, Todd Snyde va Willy Chavarria.
- “Eng yaxshi amerikalik aksessuarlar dizayneri”: Ana Khouri, Stuart Vevers (Coach), Catherine Holstein (Khaite), Raul Lopez (Luar) va Tory Burch.
“Yilning eng yaxshi xalqaro dizayneri” mukofoti Daniel Roseberry’ga beriladi. Ijobiy o‘zgarishlar uchun mukofot esa Watch Hunger Stop dasturi doirasida ochlikka qarshi kurashgani va BMT’ning oziq-ovqat dasturini qo‘llab-quvvatlaganligi tufayli Michael Kors’ga topshiriladi.