Chanel 2024/2025 Métiers d’art ko‘rgazmasining tizerini taqdim etdi
Bosh rolda Tilda Suinton
Chanel moda uyi britaniyalik aktrisa Tilda Suinton ishtirokida bo‘lajak Métiers d’art 2024/2025 ko‘rgazmasining yangi tizerini namoyish etdi. Ko‘rgazma 3-dekabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkaziladi.
Rejissyor – Vim Venders, fotograf – Donata Venders.
Chanel Métiers d’Art moda an’analari va madaniy merosni uyg‘unlashtiradi. Har yili Fransiya moda uyi turli mamlakatlar va ularning o‘ziga xosligiga bag‘ishlab kolleksiya yaratadi.