Chanel
Loli Baxiya bilan kampaniya

Chanel Collection No. 5 zargarlik liniyasining yangi reklama roligida Italiyadagi Garda ko‘lidagi yozgi dam olish muhitini aks ettirdi. Kampaniyaning yuziga aylangan model Loli Baxiya suv havzasi o‘rtasida quyoshdan zavqlanib, oq oltindan yasalgan bilaguzuklar, uzuklar, kulon va ziraklar taqib o‘tirgan holda tasvirlangan.