Chanel Beauty bayram kampaniyasini namoyish etdi
Bosh rolda Vittoria Ceretti

Chanel Beauty moda uyi yangi bayram kampaniyasi – “Winter Tale”ni taqdim etdi. Kampaniya yuzi italiyalik model Vittoria Ceretti bo‘ldi.
Brend mukammal sovg‘a uchun ko‘plab tanlovlarni tayyorladi: noyob atirlar, pardoz kosmetikasi va parvarish vositalari.
Bayramona mahsulotlarni Chanel brendining rasmiy veb-saytidan buyurtma qilish mumkin.