Chanel yangi Métiers d’Art kolleksiyasini taqdim etadi

Namoyish 3-dekabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Foto: Spotlight
Foto: Spotlight

Fransiyaning Chanel modalar uyi 2024-yil 3-dekabr kuni Xitoyda, hashamatli buyumlardan foydalanish darajasi eng yuqori bo‘lgan Pekin va Shanxay shaharlaridan keyingi o'rinda turuvchi Xanchjou shahrida Métiers d’Art kolleksiyasini namoyish etadi.

Métiers d’Art kolleksiyasi namoyishidan bir oy oldin, moda uyi Gonkongda kruiz shousini o‘tkazadi.

Foto: Spotlight

Foto: Spotlight

Chanel Métiers d’Artning eng birinchi kolleksiyasi 2002-yilda Karl Lagerfeld tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, moda an’analari va Fransiyaning madaniy merosini birlashtirgan. Har yili Fransiya uyi ushbu kapsulani turli mamlakatlarga bag‘ishlaydi va unga alohida ahamiyat qaratadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles