Cher Victoria’s Secret shousida ishtirok etadi

Namoyish 15-oktyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkaziladi

Fotо: Instagram / Cher

Victoria’s Secret brendi qo‘shiqchi Cherni 15-oktyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan shou-namoyishning bosh yulduzi sifatida e’lon qildi. 

Tarixda ilk bor u faqat ayollardan iborat san’atkorlar jamoasiga boshchilik qiladi. Mashhur moda uyi o‘zining Instagram sahifasida superyulduzning 1998-yilda Billboard Hot 100 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan "Believe" nomli hit qo‘shig‘ini ijro etayotgan videosini e’lon qildi.

 

"Lekin u yolg‘iz bo‘lmaydi... Yangiliklarni kuzatib boring, tez orada tarixdagi birinchi ayollar tarkibini to‘ldirish uchun yangi arizalar paydo bo‘ladi", – deyiladi bayonotda.

Victoria’s Secret qaytish shousi (comeback show) olti yil ichida birinchi marta o‘tkaziladi. Avvalroq brend birinchi video-tizerini taqdim etgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles