Ajdahorlarga sig‘inish
Círculos de Fuego Carrera y Carrera to‘plami
Zargarlik san’ati olamida shunday taqinchoqlar borki, ular nafaqat tashqi ko‘rinishni to‘ldiradi, balki hikoyalar aytib beradi, tuyg‘ularni uyg‘otadi va egasining ichki dunyosini aks ettiradi. Ispaniyaning Carrera y Carrera brendining Círculos de Fuego to‘plami ajdaholar va olov haqidagi afsonalardan ilhom olgan o‘zgarish va ichki quvvat madhiyasidir.
Brend ustalari ajdaho obrazini zargarlik san’atiga mohirlik bilan ko‘chirib, uni nozik detallar va chuqur ramziylik bilan boyitdilar. To‘plamning har bir buyumi – bu yorug‘lik va soyalarning jonli raqsi bo‘lib, unda oltin olov tillariga aylanadi va qimmatbaho toshlar yorqin shu’lalar bilan porlaydi. Taqinchoqlarda mujassamlashgan ajdaholar harakat, quvvat va o‘zgarishlarni ifodalovchi olov girdoblariga o‘ralgan holda kuch, donishmandlik va g‘alaba ramzlarini ifodalaydi.
To‘plamda qo‘llanilgan oliy navli oltin, xira va sayqallangan yuzalarning uyg‘unligi tufayli o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Buyumlarga qo‘shilgan yoqut va brilliantlar g‘oyaning teranligi va yorqinligini ta’kidlaydi.
Círculos de Fuego – zargarlik san’atini hikoya aytish qobiliyati uchun qadrlaydigan kishilar uchun tanlov. To‘plam Ispaniyaning san’ati, madaniyati va tabiiy quvvatini o‘zida mujassam etgan, chunki XIX asr oxirida Carrera y Carrera tarixi aynan shu yerda boshlangan. Círculos de Fuego shunchaki taqinchoq emas, balki har birimizning ichki nur, yashirin kuchimiz va cheksiz imkoniyatlarimizni eslatib turuvchi tumorlardir.
Carrera y Carrera brendi faqatgina Majesty zargarlik-soat butikida taqdim etilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998) 99-370-90-90
Hamkorlik materiali.