Clean look makeup – kelinchaklarning urfdagi trendi

Go‘zallik tabiiylikda

16 Okt 2024
Foto: Spotlight \ Sareh Nouri

Nyu-Yorkdagi to‘y modalari haftaligi kelin liboslari uchun yangi standartlarni o‘rnatib, modellarning «clean look» uuslubidagi makiyajini urf darajasiga olib chiqdi. Tabiiy go‘zallikka urg‘u beruvchi ushbu yangi trend kelgusi mavsumda kelinlarning sevimli tanlovi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Tabiiy jozibadan ilhomlangan bu obrazlar nafosat va soddalikni birlashtirib, har bir kelinning haqiqiy jozibasini namoyish etadi.

Foto: Spotlight \ Sareh Nouri

Clean look uslubidagi kelinlar pardozi o‘zining tabiiyligi tufayli tobora ommalashib borishi bilan bir qatorda, terining salomatligi va musaffoligi uchun juda o‘rinli. Ushbu makiyajning o‘ziga xos xususiyati - yuzning benuqson tekis va yorqin tusidir. Uni yaratish uchun namlovchi ta’sirga ega bo‘lgan yengil tonal vositalar va yorug‘likni qaytaruvchi zarralar qo‘llaniladi. Korrektorlar va konsillerlar kamchiliklarni niqoblashga va shu bilan birga tabiiy ko‘rinishni saqlashga yordam beradi.  Foto: Spotlight \ Sareh Nouri

Clean Lookda yuzning tabiiy tuzilishiga urg‘u berish va silliqlikni yaratish uchun yonoqlar, iyak chizig‘i va chakkalarga surtiladigan yengil krem konturingi qo‘llaniladi. Qoshlar tartibli va aniq chiziqlarsiz, ko‘pincha gel yoki shaffof lab bo‘yoq yordamida bezatiladi, bu ularga tartibli shakl va parvarishlangan ko‘rinish beradi.

Ko‘zlar maksimal darajada tabiiy ko‘rinishda qoladi. Yengil neytral soyalari, ingichka jilvir chizig‘i va tartibli tushirilgan tush ko‘zni ortiqcha yuklamaydigan qilib bo‘rttirib ko‘rsatadi. Pushti yoki shaftoli rang kabi yumshoq rangdagi upalar yonoqlarga surtilib, yuzga sof va sog‘lom ko‘rinish beradi.

Foto: Spotlight \ Lihi Hod

Pomada yoki zar bo’yoqning lablar tabiiy rangiga yaqin neytral tuslaridan foydalaniladi. Ko‘pincha bu yengil tusli namlantiruvchi vositalar bo‘lishi mumkin. Obraz haylayter bilan yakunlanadi, uni yuzning baland nuqtalariga - yonoqlar, burunning orqa qismi va yuqori labga surtiladi, bu esa teriga yorqinlik va musaffolik beradi.

Bu uslub kelinchakning o‘ziga xosligi va tabiiy go‘zalligiga urg‘u berib, uzoq yillar davomida urfda bo‘lib qoladigan obrazni yaratadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles