Converse va Comme des Garçons brendlari OG Single Hearts kedalarini qaytadan chiqara boshladi

Yangi yo‘nalish brendlar hamkorligining 15 yilligiga bag‘ishlangan

Foto: Instagram / Doverstreetmarketparis

Hamkorligining 15 yilligi munosabati bilan Amerika poyabzal brendi Converse va yapon markasi Comme des Garçons mashhur bo‘lgan OG Single Hearts kedalarini qaytadan ishlab chiqarishni boshladi. Yurak shaklidagi logotip tushirilgan kedalar birinchi marta 2009-yil “Chak Teylor All-Star” modelida chiqarilgan edi.

 

Brendlar yangi kapsulaning Chuck 70 va Chuck 70 Ox modellariga o‘sha mashhur tasvirni tushirdi. Kedalar qora va sut ranglarda bo‘lib, birinchi marta bu model yosh bolalalar uchun ham taqdim etildi.

OG Single Hearts modellari Converse brendining rasmiy saytida hamda  Comme des Garçons va Dover Street Market (DSM) brendlariga tegishli  butun dunyo do‘konlarida mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles