Crocs Wednesday gotik krokslarini chiqardi
Yangi mahsulot qora rangda bo‘lib, markazida oq ko‘ylak yoqasi joylashgan
Yaqinlashib kelayotgan Halloween bayrami munosabati bilan Crocs markasi o‘zining Stomp Clog turkumi doirasida Wednesday nomli gotik uslubdagi krokslarni ishlab chiqardi. Brend, shuningdek, yangi modelning reklama roligini ham e’lon qildi.
“The Addams Family” (“Addams oilasi”) serialidagi qahramonlarga hurmat belgisi sifatida, yangi poyabzallar qora rangda bo‘lib, yuqori qismining markazida oq ko‘ylak yoqasi tasviri tushirilgan.
Avvalroq, Crocs Freddy Krueger, Jason Voorhees va Pennywise qahramonlari sharafiga yaratilgan poyabzallarning uch xil turini chiqargan edi.
Wednesday Stomp Clog krokslarini Crocs brendining rasmiy saytida xarid qilishingiz mumkin.