David Koma Blumarine brendining ijodiy direktori etib tayinlandi
Dizayner ilk to‘plamini 2025-yilda taqdim etadi
Blumarine modalar uyi Devid Komaning ijodiy direktor lavozimiga tayinlaganligini e’lon qildi. Dizayner birinchi pre-fall (kuz oldi) to‘plamini 2025-yil may-iyun oylarida namoyish etadi.
Oldinroq Valter Chiapponi italyan brendining ijodiy direktori edi, u mazkur lavozimni bir mavsum o‘tgach 2024-yil mart oyida tark etdi.
David Koma “qizil yo‘lak” uchun maxsus yaratilgan liboslari bilan mashhurdir. Bundan tashqari, dizayner 2009-yil Londonda o‘z nomi ostida kiyim brendini ochdi.