Diesel “Diesel Loves” dasturini qayta boshladi

Brend ortiqcha ishlab chiqarish muammosini hal etishga intilmoqda

Foto: INSTAGRAM / DIESEL

“Diesel Loves” dasturi ortiqcha ishlab chiqarish muammosini hal qilishga qaratilgan bo‘lib, bu safar qayta ishlangan kolleksiya Timberland bilan hamkorlikda yaratildi. Kapsula Diesel jinsi matosidan va Timberland katak flanelidan tayyorlangan turli xil rang va fakturalardagi oltita uniseks ko‘ylak modelini o‘z ichiga oladi.

“Hatto eng kichik harakatlar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sanoatning ikki yetakchisi haddan tashqari iste’molni bartaraf etish va birgalikda ahamiyatli hamda go‘zal narsalar yaratish uchun kuchlarini birlashtirmoqda”, – deydi Diesel ijodiy direktori Glenn Martens.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles