Dior Beauty yangi Plan de Paris makeup yo‘nalishini taqdim etdi
Brend elchisi Anya Taylor-Joy kampaniyaning yuzi sifatida tanlandi
Dior Beauty Parijdagi brendning diqqatga sazovor joylaridan ilhomlanib, yangi “Plan de Paris” makeup yo‘nalishini taqdim etdi. Kampaniyaning yuzi brend ambassadori, aktrisa va model Anya Taylor-Joy bo‘ldi.
To‘plamdan to‘rtta rang palitralari, jilosiz lab bo‘yoqlari, lab uchun blesklar, upa, ko‘k, shaftoli-pushti va platina-oltin rangdagi ko‘z uchun qalam va podvodkalar joy oldi. Yangi kolleksiyani ishlab chiqishda uning ustida brendning vizajisti Peter Phillips ishlagan.
Plan de Paris yo‘nalishidagi yangi mahsulotlarni Dior brendining rasmiy veb-saytida buyurtma qilish mumkin.