Dior J’adore atirining reklama roligini taqdim etdi
Rihanna afsonaviy atirning yangi yuziga aylanadi
Dior J’adore atirining reklama roligini taqdim etdi. Bosh rolni iforning yangi ambassadori Rihanna ijro etdi. Suratga olish jarayoni Versal saroyida o‘tdi va unga Steven Klein mas’ul bo‘ldi.
J’adore (fransuzchadan “Sevaman” deb tarjima qilinadi) atiri Dior Beauty brendining mashhur mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Atir apelsin, jasmin va atirgul iforlarining notalarini o‘z ichiga olgan. Atir mashhur tilla rangli shisha flakonda taqdim etilgan.
J’adore atirini Dior brendining rasmiy saytidan xarid qilishingiz mumkin.