Dior modalar uyi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimidagi liboslardan iborat ko‘rgazmasini taqdim etdi
Ko‘rgazma Parijdagi flagman butikida bo‘lib o‘tmoqda
G
alerie Dior Lady Gaga, Celine Dion, Axel Saint-Cyrel va Aya Nakamura ishtirokidagi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimidagi liboslardan tashkil topgan ko‘rgazmasini ochdi. Ko‘rgazma brendning Parijdagi flagman butikida o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, galereyada fransuz xonandasi Juliette Armandé va Sen-Sirelning Grand-Palais tomidagi chiqishida hamkorlik qilgan xor jamoasi uchun yaratilgan obrazlar ham joy olgan.
Modalar uyi La Galerie Dior ko‘rgazmasiga tashrifingizni oldindan rejalashtirishingiz ma’qulligini hamda chiptalarni ularning rasmiy veb-saytidan onlayn sotib olishni tavsiya qiladi.