Dior Seulda
“Designer of Dreams” ko‘rgazmasi

Modalar uyi o‘zining “Designer of Dreams” ko‘rgazmasini Seulga olib keldi. Arxitektor Zaxa Hadid tomonidan loyihalashtirilgan Dongdaemun Design Plaza mehmonxonasida brendning 250 ta ko‘ylagi namoyish etildi. Ularning ayrimlari ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Shuningdek, tomoshabinlar shisha sumkalar ko‘rinishidagi installyatsiya
bilan tanishadilar. Ko‘rgazmaning diqqatga sazovor qismi Choson davri an’anaviy koreys chinni buyumi bo‘lgan “dalxangari” oy ko‘zachasi shaklida yasalgan zal bo‘ldi.