Dior uch rangli amforalarni chiqardi
Billur shishachalarda uchta ifor taqdim etilgan
Dior moda uyi uch rangli amfora (parfyumeriya quyish idishchasi)larning cheklangan seriyasini chiqardi. Amphores Tricolores uchta rangda taqdim etilgan: ko‘k, oq va qizil. Billur shishachalarda Dior brendining o‘ziga xos uch ifori jamlangan: Diorissimo, L’or de J’adore va Miss Dior Parfum.
Amphores Tricolores shishachalari bogemiya xrustalidan vintaj uslubida tayyorlangan. Ustalar maxsus "overlay" (ustma-ust qo‘yish) texnikasini qo‘llaydilar, bunda shaffof billur rangli qatlam bilan qoplanadi. Bunday amfora birinchi marta 1949-yilda Kristian Dior tomonidan atirlar uchun shisha idish sifatida yaratilgan.