Dior Vetnamda pop-up doʻkonni tashkil qildi

Doʻkon Four Seasons mehmonxonasida joylashgan

Fotо: Instagram / Dior

Dior fransuz moda uyi, Vetnamning Danang shahrida Four Seasons mehmonxonasining markazida pop-up doʻkonini ochdi. U yerda  Maria Grazia Chiurining Dioriviera toʻplami taqdim etildi. Shu bilan birgalikda, brend mehmonxona qoshidagi plyaj klubini yasatdi.

Eʼtiqod ramzi sanalgan quyosh tasviri plyaj klubining basseynini hamda pop-up doʻkonining devorlarini bezadi. Atrof dengiz chig‘anoqlaridan yasalgan tabiiy hajmdagi sher haykallari bilan bezatildi. Doʻkon esa Toile de Jouy Soleil brendining tanish boʻlgan motivi, marjon rangida tus oldi.

Dior brendining pop-up doʻkonlari Los-Anjeles, Kapri, Sitsiliya, Syamin va boshqa joylarda ham tashkil etilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin