Dior Yaponiyada pre-fall to‘plamini namoyish etadi
Shou Kiotodagi To-ji ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi

Ko‘rgazma 15-aprel kuni 796-yilda tashkil etilgan va dunyodagi eng katta yog‘och inshoot hisoblangan Kiotodagi To-ji ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi.
“1950-yillarning boshlarida Kristian Dior Kiotodagi ipakchilik ustaxonasi bilan hamkorlik qila boshladi. Bu shahar iste’dodli hunarmandlarning avlodlari tomonidan yaratilgan mahorat beshigidir”, – deya ta’kidladi Mariya Gratsiya Kyuri o‘z bayonotida.