DKNY yangi kuzgi kolleksiyasini taqdim etdi

Kaia Gerber kampaniyaning yuzi bo‘ldi

Fotо: Instagram / dkny

Amerikaning DKNY kiyim-kechak va aksessuarlar brendi brendning 35 yilligiga bag‘ishlangan yangi – kuz 2024 kolleksiyasini taqdim etdi. Kampaniya yuzi model Kaia Gerber bo‘ldi. Mikael Jansson suratga olish ishlariga boshchilik qildi, Alastair McKimm esa uslub ustida ishladi.  

  

Kampaniya suratlari Nyu-York shahar manzarasi fonida olingan. Ya’ni tasvirlarda mashhur asarlardan olingan parchalar – ushbu shaharda sodir bo‘ladigan voqealar qo‘llanilgan. Brend mazkur hikoyalardan foydalanib, kolleksiyaning yangicha talqinini yaratishga intilmoqda. 

Kuz 2024 to‘plamini DKNY brendi saytida buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles