Dolce&Gabbana jonivorlar uchun birinchi parfyumni chiqardi

Har bir atir shishasiga ekskluziv bo‘yinbog‘ qo‘shiladi

Fotо: Instagram / dolcegabbana

Italyan moda uyi Dolce & Gabbana hayvonlar uchun ishlab chiqilgan birinchi parfyumni taqdim etdi. Brendning taʼkidlashicha, ushbu iforni kashf qilishda dizayner Domeniko Dolce Fefé nomli kuchukchadan ilhomlangan.  

Bu ifor ilang-ilang, mushk va sandal daraxti kabi iliq notalardan iborat. Uy hayvonlarining sezuvchanligini inobatga olgan holda, spirt atirlar tarkibidan joy olmagan. Parfyum qizil qopqoqli yashil shishadan iborat boʻlib, 24 karatli oltindan panjasimon shaklda bezatilgan. 

  

Har bir atir shishasiga kuchuklar uchun oʻyma naqsh chizish mumkin boʻlgan yorliqli boʻyinbogʻ taqdim etiladi. 

Ushbu yangicha parfyumni Dolce & Gabbana brendining rasmiy saytidan buyurtma qilishingiz mumkin. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles