Dolce&Gabbana va Skims cheklangan to‘plamni taqdim etadi
Unga korsetlar, shimlar va uyqu uchun to‘plamlar kiritilgan
Kim Kardashianning Skims brendi va Dolce&Gabbana hamkorlikda cheklangan to‘plam yaratdi. Unga tortuvchi korsetlar, shaklni to‘g‘rilaydigan shimlar, ichki kiyimlar va uyqu uchun to‘plamlar kiradi. Reklama roligi uchun Nadya Li Koen mas’ul bo‘ldi.
“Biz italyancha D&G estetikasini odatiy qulaylik va Skims yondashuvi bilan uyg‘unlashtirdik”, – dedi Kim.
Dolce&Gabbana x Skims cheklangan to‘plami 19-noyabr kuni ayrim butiklar va brendlarning rasmiy veb-saytlarida sotuvga chiqadi.