Dua Lipa golflarni oqshom tuflilari bilan qanday uyg‘unlashtirishni ko‘rsatdi
London Literature Festival’da xonanda Prada obrazini patli tuflilar va moychechakli golflar bilan to‘ldirdi.
24-oktabr kuni London Literature Festival’da xonanda Prada obrazida namoyon bo‘ldi. Uning asosiy urg‘usi aksessuarlarning noodatiy uyg‘unligiga qaratildi.
Shoir va musiqachi Mustafa bilan suhbat uchun Dua ingichka tasmali qora top va qalam yubka tanladi. Bu vazmin uyg‘unlikni moychechaklar bilan bezatilgan baland qora golflar hamda patli oq atlas tuflilar to‘ldirdi.
Ichki kiyimning yorqin pushti tasmalari obrazga rang qo‘shdi. Yirik sirg‘alar va silliq yig‘ilgan sochlar esa uni yakunladi. Bir nechta detal tanish oqshom siluetiga o‘ynoqi kayfiyat bag‘ishladi.
