Dyson ilk bor soch parvarishiga oid vositalarni taqdim etdi

Chitosan to‘plamiga to‘rtta mahsulot kiritildi

Foto: Instagram / Dysonbeauty

Dyson xalqaro texnologik kompaniyasi ilk bor soch parvarishiga oid vositalarni taqdim etdi. To‘plamning alohida yo‘nalishida Chitosan nomi ostida soch turmagi uchun kerakli to‘rtta mahsulot kiritilgan. Bu vositalar qayta ishlatiladigan paketlarda sotiladi.

 

Turmak oldidan suriladigan kremlar barcha sochlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kremlarni tekis, to‘lqinli, jingalak va qattiq sochlar uchun birday ishlatish mumkin. Shuningdek, kompaniya yakuniy soch turmagi uchun zardob (сыворотка) taqdim etish niyatida. Mahsulotlar turmakni kun bo‘yi saqlab turishga mo‘ljallangan.

Chitosan to‘plamining mahsulotlarini kompaniyaning rasmiy  saytidan xarid qilish mumkin. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles