Hedi Slimane Celine ni tark etdi
U 2018-yildan beri kreativ direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi
Fransiyalik dizayner Hedi Slimane “Celine” brendining badiiy, kreativ va imidj direktori lavozimlarini tark etdi. U 2018-yildan buyon shu lavozimlarni band etib kelayotgandi.
“Uning ijodiy va badiiy rahbarligi ostida brend o‘ziga xos o‘sish davrini boshdan kechirdi. So‘nggi yetti yil davomida direktorning g‘ayrioddiy faoliyati Celine’ni kelajak uchun ulkan poydevorga ega uyga aylantirdi,” – deyiladi brend rasmiy bayonotida.
Maykl Rayder “Celine” uyining yangi kreativ direktori sifatida tayinlandi.