2024-yil yoz mavsumining eng romantik trendi

Va bu ingliz kashtasi hamda navbatdagi "core"

24 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Tenniscore va mermaidcoredan soʻng «garden girl» estetikasi paydo boʻldi. «Bogʻ qizi» oʻrama sochlar, gulli printlar aks etgan koʻylaklar, savatlar va yengil yubkalar bilan ifodalanadi. Ammo eng asosiysi, koʻrinishda ingliz kashtasi boʻlishi lozim.

«Garden girl» uslubi nafaqat tabiat qoʻynidagi sayr uchun mos boʻlib, balki xuddi hozirgina gul ekib, bogʻdan mevalar terib chiqqandek taassurot ham qoldiradi.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Ingliz kashtasi zigʻir matosining oʻrnini egallaydi, chunki u tananing nafas olishini taʼminlab, unga qulaylik hissini taqdim etadi. U ommaviy mashhurlikka XIX asrda Angliyada erishdi. Oʻsha davrda faqatgina och rangdagi matolar va dumaloq yoki ovalsimon naqshlar ruxsat etilgan.

2024-yilda ingliz kashtasidan boʻlgan buyumlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin: yorqin matolar hamda turli shakldagi bezaklar bilan. Ammo eng ommabopi gullar ko‘rinishida boʻlgan turidir.

Foto: SPOTLIGHT / Zuhair Murad

Kashta naqshlari koʻylaklar yoki bluzkalarning yenglarida ham, shuningdek yubka hamda jinsilarda ham uchraydi. Buyumlar aksent elementini qo‘shish va romantik kayfiyatni yaratish orqali tashqi ko‘rinishni to‘ldiradi va rang-barang qiladi. Ingliz kashtasidan tikilgan liboslarda kiyim osti koʻrinmasligi uchun astar borligiga e’tibor qaratish lozim.

Kiyimlarni asosiy buyumlar bilan uygʻunlashtirish kerak. ELLE zamonaviy uslubiy yondashuvga ega obraz namunalarini to‘pladi.

Foto: SPOTLIGHT / Bibhu Mohapatra

Foto: SPOTLIGHT / Ermanno Scervino

Foto: SPOTLIGHT / Alberta Ferretti

Foto: SPOTLIGHT / Alberta Ferretti

Foto: SPOTLIGHT / Alberta Ferretti

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin