Faqat mato birla emas tirik rassom
G‘ayrioddiy yuzalarda rasm chizadigan rassomlar
Zamonaviy rassomlar tasavvurlarini ishga solib, ko‘pincha haqiqatan ham qiziqarli va noodatiy asarlar yaratadilar. Bo‘z o‘rniga tomoshabinni hayratga solishi mumkin bo‘lgan kutilmagan sirtlar qo‘llaniladi. Kimdir qorga, kimdir bo‘yoq cho‘tkalariga rasm chizadi.
Alexandra Dillon
Los-Anjelesda tug‘ilgan amerikalik Aleksandra Dillon odamlar keraksiz, deb tashlab yuboradigan narsalarni eng jozibali tarzda hayotga qaytaradi. U eskirgan cho‘tkalar va boshqa buyumlarni yig‘ib, keyinchalik ularni xayoliy odamlar portretlari uchun tuval sifatida ishlatadi.
San’at tarixiga qiziquvchi Aleksandra Dillon Misr mumiyo bitiklari, Barokko davri portretlari, Renessans durdonalari va XIX asr asarlaridan ilhom oladi. Aynan shu aks etgan uning asarlaridan turli davr odamlari bizga nazar tashlaydilar Aleksandraning har bir asari kutilmagan va ular ma’lum bir g‘oyadan boshlanmaydi.
Tanlangan jism "qalb"iga u "qiyofa"ga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Shuning uchun uning qahramonlari orasida sirli xonimni ham, shubhali yigitni ham uchratish mumkin. Rassomning portretlarini tomosha qilishda ko‘zgu effekti seziladi: tomoshabin o‘zining yashirin tomonlarini ko‘rishi mumkin.
Аlexa Mead
Iste’dodli amerikalik rassom inson tanasi va uch o‘lchovli fazoda rasm chizadi, bizning voqeligimiz ikki o‘lchovli manzara, degan illyuziyani yaratadi. Agar boshqa rassomlar surat yaratishda asl nusxa bilan maksimal o‘xshashlikka intilsalar, Aleksada buning aksi sodir bo‘ladi. Uning "portretlari" ko‘zini pirpiratadi, burnini qashiydi, pardoz qiladi va kameraga muloyim jilmayadi. Aleksa Mid shunchaki musavvir emas, u o‘z durdonalarini istalgan vaqtda va istalgan joyda, muayyan ish sharoitlarini talab qilmasdan yaratishi mumkin. Aleksa o‘z asarlarida rasm va fotografiyani birlashtirib, reallikda noreal illyuziyani yaratadi. Rassom, shubhasiz, o‘z ijodi bilan ko‘pchilikni ilhomlantirib, san’at chegara bilmasligini yana bir bor isbotlaydi.
Aleksa o‘z asarlarida rasm va fotografiyani birlashtirib, reallikda noreal illyuziyani yaratadi. Rassom, shubhasiz, o‘z ijodi bilan ko‘pchilikni ilhomlantirib, san’at chegara bilmasligini yana bir bor isbotlaydi.
Golsa Golchini
Italiyada yashovchi asli eronlik rassom Golsa Golchini noodatiy tuvallarga mayda durdona asarlar chizishi bilan mashhur. Uning shuhrat topgan seriyalaridan biri o‘z qo‘llarini san’at asarlariga aylantirishdan iborat. Ushbu g‘oyaning har bir integratsiyasi uning barmoqlari, kaftlari va bilaklarini qamrab olgan jonli miniatyura figuralari, hayvonlar, obyektlar hamda atrof-muhitning realistik tasvirlarini o‘z ichiga oladi.
Golchini o‘z matosining noan’anaviyligidan shunchaki foydalanmaydi: unga tegishli ajoyib kompozitsiyalarning aksariyati tana bilan o‘zaro ta‘sirga kirishish orqali jonlanadi. Masalan, bir asarida rassom ikki barmog‘ini bir juft oyoqqa o‘xshatib bo‘yaydi. Boshqa bir holatda esa, moviy sochli qiz band qilgan arg‘imchoqni to‘xtatish uchun o‘rta barmog‘iga kichkina kumush zanjirni o‘rab olgandek tasvirlaydi.
Bunday asarlarning abadiy emasligi va suv bilan yuvilib ketishi uning ijodining o‘ziga xos jihatidir. Rassom tugallangan asarlarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ulashadi.