Foundation Louis Vuitton Olimpiya o‘yinlari sharafiga o‘z ko‘rgazmasini ochdi
"The Collection: A Sports Meeting" ko‘rgazmasi 9-sentyabrgacha davom etadi
Louis Vuitton jamg‘armasi 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari sharafiga «The Collection: A Sports Meeting» nomli yangi ko‘rgazmasini ochdi. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan barcha san’at asarlari Modalar uyi muzeyining mulki hisoblanadi.
Ular orasida Andy Warhol, Andreas Gursky, Omar Victor Diop, Abraham Poincheval, Roman Signer va Jean-Michel Basquiat kabi ijodkorlarning ishlari bor. Ekspozitsiyada XX asr san’ati peshqadamlarining suratkashlik, fotografiya va installyatsiyalar kabi turli yo‘nalishdagi asarlari namoyish etilgan.
Ko‘rgazma Parijda bo‘lib o‘tadi va 9-sentyabrga qadar davom etadi.