Fransiya o‘zbek fotografi nigohida
2024-yil 3-iyuldan 12-iyulgacha Toshkent fotosuratlar uyida fotograf Bobur Alimxo‘jayevning ko‘rgazmasi ochiladi
Fransiya o‘zbek fotografi nigohida” ko‘rgazmasi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Fotograf Bobur Alimxo‘jaev Fransiyaning turli diqqatga sazovor joylarini aks ettiruvchi 44 ta suratni ishtiyoq va aniqlik bilan suratga oldi. Yosh fotografning bolaligi Chingiz Ahmarov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, haykaltarosh Damir Ro‘ziboyev kabi O‘zbekiston tasviriy san’at ustalari bilan bir mahallada o‘tgan.
Bobur Alimxo‘jayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Impressionizmga bo‘lgan ishtiyoq va Klod Mone, Eduard Mane, Edgar Degas va Renuar asarlarini o‘rganish Boburni ilhomlantiradi. U mumtoz raqs, raqqosalarning nafis harakatlari va go‘zalligini o‘z asarlarida mohirona yetkazib bergan rassom Edgar Degas asarlaridan ilhomlangan holda xoreografiya san’atini suratga olishni ma’qul ko‘radi.
Fransiyada bo‘lganida u bir nechta muzeylar, jumladan, Klod Monening "Suv nilufarlari" kartinasini tomosha qilish uchun Orangerie, Edgar Degasning balet san’atini aks ettiruvchi asarlari namoyish etilgan Orsey muzeyi, Pompidu markazi, Rodin va Pikasso muzeylariga tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ba’zi asarlar kino kamerasida suratga olingan, bu fotografning suratga olgan joylarining haqiqiy atmosferasini qayta yaratish istagini ta’kidlaydi.