G‘alaba formulasi

Taniqli sportchilarning sog‘lom turmush tarzi sirlari

Fotо: Instagram / Simonebiles

Har qanday sportchining muvaffaqiyat garovi bu – sog‘lom turmush tarzini olib borishdir. Muntazam mashg‘ulotlar, to‘g‘ri ovqatlasnish, maroqli hordiq chiqarish cho‘qqilarni zabt etish imkonini beradi. Biz siz uchun taniqli sportchilarning o‘z vaznini ushlab turishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va shu bilan birga, yana eng yuqori pog‘onalarda o‘z joylarini mustahkam egallab turish sirlariga oid foydali maslahatlar to‘plamini yig‘ib qo‘ydik. 

Serena Williams

Barcha zamonlarning eng mashhur tennischilaridan biri, Serena Williams Olimpiya o‘yinlaridagi “Katta dubulg‘a (shlem)ning ko‘p karra g‘olibasi,  erkaklar  va ayollar orasida yagona hamda juftlik bahslarida “Oltin dubulg‘a” sovrindori hisoblanadi. Sportchi ayollar tennisi tarixida o‘zining eng tezkor uzatmalari bilan nom qozongan. Hozirgi paytda Serena o‘z qizining tarbiyasi hamda o‘z fondining  venchur kapital qo‘yilmalari ishi bilan shug‘ullanmoqda. 

Sportchining maxsus mashqlar dasturi kardio va kuch mashqlarini, shuningdek, to‘siqlarni yengib o‘tish orqali chaqqonlikni shakllantiruvchi mashqlarni o‘z ichiga oladi. O‘yinlardan oldin u turli mushak guruhlarini rivojlantiruvchi va jarohatlar olishning oldini oluvchi krossfitga alohida e’tibor qaratadi.  Bundan tashqari, Serena stressni kamaytirish va o‘yinlardan keyin qayta tiklanish uchun muntazam ravishda yoga va meditatsiyadan foydalanadi.

Serena to‘g‘ri ovqatlanishga  rioya qiladi. Uning menyusida yaxna sabzavotlar, mevalar, yog‘siz oqsillar, murakkab uglevodlar ko‘p. Sportchi uchun tiklanish va dam olish juda muhimdir. U uyqu sifatiga e’tibor berishni va kechasi kamida 8 soat uxlashni maslahat beradi. 

https://wwwinstagram.com/p/C66MPvaLX5w/

Simone Biles

Gimnastika bo‘yicha  jahon chempionatining ko‘p karra g‘olibi, yetti karra Olimpiya chempioni Simone Biles o‘zining ajoyib jismoniy tayyorgarligi va intizomi bilan mashhur. Gimnastikachi to‘rtta nom elementini bajaradi. Ikkitasi erkin mashqlarda, bittasi to‘nkada, bittasi tayanch sakrashda. 

Simone bir kunda bir necha soat shug‘ullanadi. Dastur kuch, moslashuvchanlik, chidamlilik, muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, u murakkab mashq bajarish texnikasiga ham ko‘p vaqt sarflaydi. 

Gimnastikachining ratsionida oqsillar va murakkab uglevodlar ustunlik qiladi. Shakar esa umuman yo‘q. Shu bilan birga, u qayta ishlangan mahsulotlarni iste’mol qilmaslikka harakat qiladi. Simone kuniga yetarli miqdorda suv ichishni va tana digratatsiyasiga alohida e’tibor berishni maslahat beradi. 

Sportchi uchun oila va do‘stlar juda muhim. Bu unga hissiy muvozanatni saqlashga yordam beradi. Gimnastikachining ta’kidlashicha, jamoa va murabbiylarning qo‘llab-quvvatlashi ham muvaffaqiyatning ajralmas qismidir. 

https://wwwinstagram.com/p/C7zDC1jR2nP/

Katie Ledecky

Suzish bo‘yicha jahon rekordchisi, tarixdagi birinchi to‘qqiz karra Olimpiya chempioni, mukofotlar sohibi yetakchisi Katie Ledecky o‘z yutuqlari bilan hayratda qoldirishdan to‘xtagani yo‘q. Suzuvchi birinchi medalini 15 yoshida qo‘lga kiritgan. Katie 800 va 1500 metr masofalarda erkin usulda suzishga ixtisoslashgan. 

Sportchining aytishiga qaraganda, u haftasiga taxminan 20 soat basseynda mashq qiladi. Qolgan 5-10 soatni sport zalida o‘tkazadi. Katie to‘g‘ri ovqatlanishga alohida e’tibor qaratadi. Kundalik menyusi  oqsillar, uglevodlar va yog‘larga boy ovqatlardan iborat. U kun davomida va mashg‘ulot paytida ko‘p suv ichadi va bunday qilishni hammaga tavsiya etadi. 

Stressni boshqarish uchun sportchi meditatsiya va nafas olish mashqlarini bajaradi. Shuningdek, vizualizatsiya usulini yaxshi ko‘radi. Muvaffaqiyatli chiqishlarni taqdim etish va maqsadlariga erishishda yutuqlarini ham e’tirof etishni xush ko‘radi. Katie inson  o‘zini ijobiy odamlar bilan o‘rab olish muhim deb hisoblaydi.  Chunki bu bizning hissiy holatga va motivatsiya olishda katta ta’sir o‘tkazadi. 

https://wwwinstagram.com/p/C-IHUtuNkF/

Alex Morgan

Alex Morgan uch marotaba Olimpiya chempioni, ikki marta ayollar o‘rtasida jahon Kubogi chempioni va ikki marta Amerika futbolida yilning eng yaxshi sportchisidir. U nafaqat sportdagi yutuqlari, balki sog‘lom turmush tarziga sodiqligi  bilan ham tanilgan. Sportchi inson hayotining sifati sog‘lom odatlarga ham bog‘liqligiga ishonchi komil. 

Chidamlilikni qo‘llab turish uchun sportchi muntazam ravishda yugurish va velosiped kabi  kardio mashqlarni bajaradi. Bundan tashqari, u kuch mashqlarini ham bajaradi va muntazam futbol mashg‘ulotlariga ham boradi. Sportchi to‘g‘ri ovqatlanishga va tana gidratatsiyasiga e’tibor beradi. Muhim qoidalar: uyquni nazorat qilish, meditatsiya qilish va har kuni vitaminlarni ichish. 

Futbolchi  aynan o‘zingiz uchun mos keladigan ovqatlanishning turli usullari va har xil mashg‘ulotlarni qilib ko‘rishni maslahat beradi. Shuningdek, u  dam olish  va o‘z-o‘zi  bilan qolishi uchun  vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak deb hisoblaydi. Alex ko‘p vaqtini bolalar bilan o‘tkazishga harakat qiladi. Chunki bolalar uni energiya bilan to‘ldiradi va yanada yaxshi bo‘lishiga undaydi.  

https://wwwinstagram.com/p/C3PFhzEO_-N/

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin