Gigi Hadid Guest in Residence to‘plami taqdimoti haqida e’lon qildi
Yangi kapsula to‘q qizil ranglar kamalagidan iborat bo‘ladi
Model Gigi Hadid Instagram sahifasida o‘zining Guest in Residence brendining kuz mavsumi to‘plami taqdimoti haqida e’lon qildi.
Yangi kapsula ichiga hajmli sviterlar, pledlar va to‘q qizil ranglardagi yo‘l-yo‘l paypoqlar kiritiladi. Taqdimotning aniq sanasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
2022-yil Gigi Hadid Guest in Residence nomli o‘z brendini chiqardi. Brend g‘oyasi modelning oilaviy fermasidan ilhomlanib yaratilgan bo‘lib, to‘plam universalligi va funksionalligi bilan ajralib turadi.