Givenchy yangi ijodiy direktorini tayinladi
Bu lavozimni Sara Burton egalladi
Sara Burton Givenchy modalar uyining yangi ijodiy direktori etib tayinlandi. Dizayner brendning ayollar va erkaklar to‘plamida ijodiy rahbar vazifasini bajaradi. U o‘zining ilk to‘plamini 2025-yil mart oyida taqdim etadi.
“Men uchun Givenchy modalar uyiga qo‘shilish katta sharaf, bu haqiqiy marvariddir. Brend tarixining navbatdagi sahifasini yozish va unga o‘z qarashlarim, tuyg‘ularim va tushunchalarimni olib kirish imkoniyati mavjudligidan xursandman” – deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi Sara Burton.
O‘tgan yilga qadar Sara Alexander McQueen brendining ijodiy direktori edi.