Goʻzallik gadjetlarni talab qiladi

Beauty-gadjetlar – goʻzal yuz terisi va oval shakliga erishish uchun yordam beradi

05 Avg 2024
Foto: Pexels
Foto: Pexels

Texnologiyalar rivoji shiddat bilan qadam bosib “Goʻzallik” makonlarni ham qoʻlga olmoqda. Yangicha moslamalar ilgʻorlashib, muammolarni uy sharoitida yechishga yordam beryapti, u xoh ajinlar boʻlsin, xoh akne, kosmetolog huzuriga borish kutib turadi. Zamonaviy, aqlli moslamalar samarali ish koʻrsatishadi, ular bilan hattoki qurilmalar borasida hech qanday tushunchaga ega boʻlmaganlar ham foydalana oladilar. Eng yaxshisini tanlay olish esa biroz murakkab masala.

 Beauty-gadjetlar nima?

Beauty-gadjetlar – uyda mustaqil parvarish qilish uchun moʻljallangan portativ qurilmalar boʻlib, elektr tarmogʻidan zaryadlanadi. Ular yuz mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi, aknega qarshi kurashadi, ajinlarni tekislaydi, yuz ovalini shakllantiradi va boshqa turlicha vazifalarni bajaradi. Har bir qurilma muayyan bir masalani hal qilishga yoʻnaltirilgan. Bular mikrotoklar, LED protseduralar, turli xil elektr yuvinish cho‘tkalari, ultratovushli tozalash uskunalari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

ELLE O‘zbekiston istalgan vaqtda sizning yuz teringiz haqida qaygʻuradigan beshta moslamani tanlab oldik.

Foreo Luna 4

Shvetsiyaning “Foreo” kompaniyasi yangi texnologiyalar bilan yana bir bor qalblarni zabt etmoqda. “Foreo Luna 4” – yuz uchun elektr tozalovchi qurilmalarning yangi avlodi. “T-Sonic” pulsatsiyasi va tibbiy silikondan qilingan yumshoq cho‘tkalar yuz terisidagi teshiklarni, iflosliklardan, yog‘lardan chuqur tozalaydi va makiyaj qoldiqlarini olib tashlaydi. Uch turdagi cho‘tkalar sezuvchan, aralash va normal teri uchun mo‘ljallangan. Qurilma mimik ajinlarni kamaytirish, yuz va bo‘yin mushaklarini bo‘shashtirish, limfodrenajni yaxshilash va qarish belgilarini kamaytirish uchun pulsatsiya intensivligining 16 darajasini tanlash va massaj dasturlarini taklif qiladi. Ishlab chiqaruvchi yaxshiroq natija uchun “LUNA 4”ni “Foreo Luna Micro-Foam cleaner 2.0” bilan birga ishlatishni tavsiya etadi.

Dr Dennis Gross Drx Spectra Lite DPL Face Ware Pro

Dr Dennis Gross Drx Spectral DPL FaceWare Pro - FDA tomonidan tasdiqlangan LED niqobi. LED-terapiya (Light Emitting Diode) terining chuqur qatlamlariga kirish imkonini beradi. Niqob aknega qarshi 60 ta diodli ko‘k nur yordamida, qizil nur esa 100 ta diod yordamida qarish belgilariga qarshi kurashadi. Koʻk va qizil nurlar uygʻunligidan foydalanish ikki yo‘nalishda ishlaydi: akne paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bakteriyalarni yo‘q qiladi va ajinlarni tekislaydi, kollagenning chuqur kirib borishiga yordam beradi, teri zichligini yaxshilaydi.

Qurilma 3 daqiqadan soʻng mustaqil ravishda ish faoliyatini toʻxtatadi. Barchaturdagi yuz terilari uchun mos keladi. Bosh tasmasi, foydalanuvchi uchun qulay tarzda moslanadi.

Geske Smart App Guided Sonic Thermo Facial Brush

Nemis brendi Geske “hi-tech” qurilmalarni ishlab chiqaradi. “Smart App Guided Sonic Thermo Facial Brush” tozalash uchun moʻljallangan choʻtka massaj vazifasini bajarib, yuzdagi teshiklarni tozalaydi. Qizdirilganda teshiklar ochilib yuzdagi barcha iflosliklarni olib tashlash va terini keyingi muolajalarga tayyorlash imkonini beradi, ya’ni tozalangach, krem va sivorotkalarni yuz terisiga surtish mumkin. Zamonaviy modellar 1 daqiqada 7500 marta pulslanadi. Ushbu moslama mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, kollagen va elastin ishlab chiqishini taʼminlaydi va yuz terisini poʻstlardan tozalaydi. Egiluvchan ko‘z-burun qismi birorta ham dog‘ni o‘tkazib yubormaydi va shu bilan borish qiyin bo‘lgan joylardagi iflosliklarni bartaraf etadi.

Bork GLED-niqob D800

Niqob oʻz ichiga nurli muolajani hamda galvanik massajni oladi. 1040 ta nurli diodlar bilan jihozlangan: qizil – lifting effekti uchun, ko‘k va pushti – akne, yallig‘lanish va qizarishga qarshi, sariq va yashil – pigmentatsiyaga qarshi. Mikrotok regeneratsiyani tezlashtiradi va shishlarning oldini oladi – bularning barchasi galvanik elementlar tufayli. LED muolajasini galvanik massaj bilan birgalikda qoʻllash mumkin. Moslama bilan birgalikda ultrabinafsha sterilizatsiyali simsiz qurilma mavjud. Korpus plastikdan, kamarlar va mahkamlagichlar silikondan yasalgan. Boshqaruv pulti va ovozli ko‘rsatmalar ham mavjud.

NuFace Trinity+ Starter kit

NuFace Trinity Starter Kit yuz va boʻyin qismini taranglashtirib va tekislab, ajinlarni bartaraf etadi. Past chastotali mikrotoklar tufayli yuzning mushaklari hamda tonusi yaxshilanadi va elastiklik oshadi. Ushbu moslama orqali yuz konturlarini ham yaxshilash mumkin. Lab va ko‘z qismlari uchun qo‘shimcha moslamalar alohida sotiladi. Boshlang‘ich to‘plamga quyidagilar kiradi: “NuFace Trinity+”, “Hydrating Aqua Gel”, “Silk Creme”, “NuFace” cho‘tkasi. Samarali natijaga erishish uchun, ushbu qoʻllanmalardan birgalikda foydalanish tavsiya etiladi. FDA tomonidan tasdiqlangan.

Qanday qilib beauty-qurilmalarni yuz uchun tanlab olish mumkin?

Вirinchi oʻrinda gadjetning funksionalligiga, yuz teringizdagi muammolarga hamda yoshingizga eʼtibor qarating. Aksariyat qurilmalar barcha turdagi yuz terilariga mos keladi, ammo  avval kosmetolog-dermatolog bilan maslahatlashish yoki uy sharoitida uskunalardan foydalanadigan ekspertlarning tavsiyalarini oʻrganish lozim. Qoʻllashdan avval ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalarini o‘rganib chiqing. Qurilmalarning ixchamligi ularni sayohatga ham oʻzingiz bilan olib ketish  imkonini beradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles