Goat Art Basel uchun maxsus kiyim ishlab chiqdi
Kulol Diana Yeseniya bilan hamkorlikda
Bu yil Art Basel xalqaro san’at yarmarkasi uchun maxsus kiyimlarni Goat chakana savdo platformasi ishlab chiqdi. Los-Anjeleslik kulol Diana Yeseniya bilan hamkorlikda. Yarmarka hozirda Mayamida o‘tkazilmoqda, keyinchalik Gonkong va Parijda bo‘lib o‘tadi.
“Goat, Art Basel va Diana o‘rtasidagi hamkorlik moda va san’atni uyg‘unlashtirish tashabbusimizni davom ettiradi, shu bilan birga san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularning iste’dodini jahon miqyosida namoyon etadi”, – deb ta’kidlaydi Goat Group brending direktori Sen Sugano.