Kulrang jaket: 2024-yil kuzida qoraning muqobili

Kuzning universal xaridi qanday ko‘rinishga ega

Foto: SPOTLIGHT / Ermanno Scervino

Jaket – kiyim javonining universal bu elementi kundalik turmushda ham zamonaviy va jiddiy obrazlarni oson yaratish imkonini beradi. Qolaversa, bu element endi faqat ish uslubininggina muhim atributi bo’lmay qoldi. Ixcham, krop, bleyzer yoki oversayz – tanlov shaxsiy va ko’zlangan obrazga muvofiq bo’ladi.

Foto: SPOTLIGHT / Ermanno Scervino

Tanlovni yanada nafis va rasmiy ko‘rinishga keltirsh uchun kulrang jaketni klassik shimlar bilan uyg’unlashtiring. Sovuq mavsumda siz pastki qismingizga junli nimadir, masalan, qomatingizga mos yoki erkin bichimli yubkalar tanlashingiz mumkin. Satin bluzkalar, iliq vodolazkalar yoki bazaviy futbolkalar ham oson kelishadi. Bu kabi obrazga biror jozibador tumor yaxshi yakun yasaydi. Shuningdek, jaketlar ko’ylaklarni to’ldirib keladi: kobinatsionidan tortib to’qilganigacha – tanlov keng!

Foto: SPOTLIGHT / Max Mara

Hajmdor narsalarni sevuvchilar «erkakakcha» bichimidagi oversayz pidjaklarga yuzlanishlari yoki keng yelkali kiyimlarga e’tibor berishlari mumkin. Agar qomatni tuzatish istagi bo‘lsa, ingichka belli blezerga e’tibor qarating. ELLE kulrang jaketlarni stilizatsiya qilish variantlarini to‘pladi.

Foto: SPOTLIGHT / Dries Van Noten

Foto: SPOTLIGHT / Erdem

Foto: SPOTLIGHT / Sarawong

Foto: SPOTLIGHT / MSGM

Foto: SPOTLIGHT / The Garment

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin