Gucci “Electric Dreams: Art and Technology Before the Internet” ko‘rgazmasi homiysiga aylandi

Ekspozitsiya Londondagi Tate galereyasida ochiladi

Foto: instagram / tate

Gucci modalar uyi Londondagi Tate galereyasida tashkil etiladigan “Electric Dreams: Art and Technology Before the Internet” nomli xalqaro ko‘rgazmaga homiylik qilmoqda.

Ko‘rgazmada 70 dan ortiq rassomlarning asarlari, shuningdek, qadimiy maishiy kompyuter modellari va video sintezatorlar namoyish etiladi. Eksponatlar orasida yapon rassomi Atsuko Tanakaning “Elektr libosi”, Brayon Gaysinning 9-raqamli “Tush mashinasi” va Otto Pienening “Yorug‘lik xonasi” (Yena) asarlari mavjud.

 “Electric Dreams: Art and Technology Before the Internet” ko‘rgazmasi 28-noyabr kuni ochiladi va 2025-yil 1-iyungacha davom etadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles