Gucci Tokioda oʻz koʻrgazmasini ochdi

U afsonaviy Gucci Bamboo 1947 sumkasiga bagʻishlangan

Fotо: Spotlight

Gucci moda uyi dastasi bambuk poyasi kabi boʻlgan, kult darajadagi sumkaga bagʻishlab Bamboo 1947: “Now and Then” koʻrgazmasini taqdim etdi. Ko‘rgazma Yaponiyada italyan brendi birinchi ochgan doʻkonning 60 yilligi sharafiga tashkil etildi.

Gucci Ginza galereyasida 60 ta vintaj uslubida boʻlgan “Bamboo 1947” sumkalari namoyish etildi, ular yapon hunarmandlari va zamonaviy rassomlar tomonidan qayta ishlandi.

 

Keramikachi Xirotsune Nakadzato «Bamboo 1947» sumkasining dastasi va qulflarini loydan qayta yaratgan bo‘lsa, zargar Morixito Katsura o‘z shogirdi Naoko Ay bilan birgalikda ularni qimmatbaho metallardan tayyorlagan. Jarayondan birgalikda laklovchi Ay Tokeshi, fotosuratchi Daydo Moriyama, rassomlar Nami Yokoyama va Yui Yaegashi ham joy olishgan.

   

Tokioda 23-sentyabrga qadar “Gucci Ginza” galereyasi koʻrgazmasiga tashrif buyurish mumkin. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin