Hush kelibsiz: ELLE O‘zbekiston taqdimoti qanday o‘tdi?
ELLE O‘zbekiston taqdimoti Toshkentda bo‘lib o‘tdi
ELLE O‘zbekiston xalqaro media-brendi taqdimoti – 7 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatrida bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish tadbiriga mamlakatning moda sanoatidagi yorqin yulduzlar, nufuzli biznes arboblar, blogerlar va hamkasblar tashrif buyurishdi.
ELLE so‘zining katta harflari bitilgan bayroqlar Katta Teatr ustunlarida ulug‘vorlik bilan hilpirab turgan edi. Zinalardagi qora gilamlar, ekranlardagi logotiplar, yorqin yoritqichlar o‘tib ketgan barcha piyoda va yo‘lovchilarning diqqatini jalb qilib keldi.
Kirishda mehmonlarni ELLE ning tuzlilishidan 1945 yilgacha bo‘lgan yo‘lini ko‘rgazma kutib turgan edi. Uni o‘tgach teatrning asosiy zaliga diqqat qaratish kerak bo‘lar edi – katta sahnada projector nurlari ostida Dilnoza Asadova, violoncheldan taralgan kuylar yordamida tadbirga musiqaviy ohang bag‘ishlab turdi.
Katta teatr mehmonlarni kutar ekan, o‘zgacha tusga burindi: birinchi qavat foyesi bir nechta rasmga tushish zonalari bilan to‘ldirilib, bu yer shahar moda jamiyatining uchrashib suhbatlashadigan joyga aylandi. Bu yerda tabrik so‘zlari jarangladi, qadahlar ko‘tarildi va tadbir taasurotlari hamda umidlar bilan almashishdi.
Teatrning ikkinchi qavatida tadbirning asosiy dasturi boshlanish arafasida edi. Taqdimotni kutayotgan mehmonlar ayollarga bag‘ishlangan Muzetta operasini Navruza Mamaradjabova ijrosida tinglashdi. Unga royalda Zarina Shametova hamrohlik qildi.
Kompaniyanong Bosh Direktori Oleg Drobot, mamalakat bo‘ylab ayollarni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash hamda ilhomlantirish – O‘zbekiston ELLEning asosiy vazifasi ekanligiga urg‘u berdi.
Muharrirlar taqdim etildi. Jamoa – noyob va sifatli kontent, iqtidorli hamyurtlarning kashf etilishi va o‘zbek ayolllari uchun zamonaviy, qiziqarli va inklyuziv maydon yaratish ustida ishlab kelayotgan mahalliy mutaxassislardan iborat.
“Biz ELLE yangi sahifasini O‘zbekistonda boshlashdan xursandmiz. Biz davlatning rivojlanishini qo`llab quvvatlab, unga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz. Bizning kelishimiz – bu “ikki tomonlama eshiklarning ochilishidir”: O‘zbekistonning serqirraligini dunyoga ko‘rsatamiz , O‘zbekiston esa dunyoni biz orqali ko‘ra olish imkoniga ega bo‘ladi. Biz buni ko‘p millatli an’analar va merosingizga bo‘lgan hurmatimiz bilan amalga oshiramiz”, deb aytdi Oleg Drobot, ELLE O‘zbekiston nashriyotchisi, Gemina Publishing mediakompaniyasining hammuassisi.
Jamoaning rejalaridan – jamiyatning shakllanishi, ELLE O‘zbekistonning sentyabr oyida ilk bosma soni bilan bog‘liq tadbirlari ham e’lon qilindi. Har bir muallif o‘zining maqolalarini jurnal muharririyatining pochtasiga jo‘natib, ulardan eng saralari jurnal sahifalarida yoki dijital platformasida mualliflik belgisi bilan chop etilish imkoniga ega.