Iforlarning nafis jihatlari

Atirni qayerga sepish kerak?

14 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

“Qaysi joyingizdan bo‘sa olishlarini  istasangiz, atirni  o‘sha joyga seping” deya maslahat berardi Coco Chanel. Bugungi kunda sevimli atirimizning hidi ko‘p vaqt saqlanib qolishining va parfyumdan to‘g‘ri foydalanishning o‘ziga yarasha sir-asrorlari bor. Siz bu haqda nimalarni bilasiz?

Foto: Unsplash, Bob Oyoo

Yengil harakatlar bilan

An’anaga ko‘ra, sevimli parfyumingizni “puls nuqtalariga” – quloqlarning orqasiga, bilaklarga, tirsak, tizzaning yig‘ilish joylariga, ba‘zida boshning orqa  qismiga surtish tavsiya etiladi. Agar siz  tarkibida yog‘lar bo‘lgan  hidi o‘tkir atirlarni – mushk, shiproviy, ud daraxti ifori kabi hidlarni xush ko‘rsangiz, unda bular aynan puls nuqtalariga sepish uchun mos keladi. Bu parfyumlar yana romantik uchrashuvlar uchun ham juda qo‘l keladi.

Atir (tualetnaya voda)larni afzal ko‘rasizmi? Unda siz atirlarni bosh atrofiga yoki uzoq masofadan turib sochlarga va kiyimga sepishingiz mumkin. Yengil va nozik matolarda dog‘ qolmasligi uchun ehtiyotkorlik muhim.

Foto: Unsplash, Harper Sunday

Afrodita qadami

Atirni bu tarzda ishlatish, yunon sevgi va go‘zallik  ma’budasi nomini olgan. Qarshingizdagi boʻshliqqa, yaʼni havoga atirni bir-ikki sepib, hosil boʻlgan ifor uyumi ustiga qadam tashlaysiz. Buning o‘ziga yarasha mohiyati bor. Bunda sizni atirdan hosil bo‘lgan  iforli tuman o‘rab oladi va  atirning miqdorini oshirib yubormagan sanalasiz. 

Yashirin tarzda

Kerakli maslahat: atirni tananing kiyim qoplangan joylariga seping. Tananing issiqligi hidning to‘liq, boricha atrofga tarqalishiga, bu esa matoning tezkor bug‘lanishiga  va kiyimdan atirning hidi uchib ketmasligiga olib keladi.  Masalan: siz yergacha tegadigan uzun ko‘ylak, abaya yoki yeng qismi uzun bluzka kiysangiz, bunday qilish juda qulay. Kiyimingizdagi xushbo‘y hid  kun bo‘yi (taxminan 7-8 soat) saqlanadi.

Foto: Unsplash, Stella

Foto: Unsplash, Stella Dimitrova

Xushbo‘y sochiq

Bu usul ko‘proq yoz uchun foydaliroq. Ayniqsa, siz atir yoki odekolonlarni xush ko‘rsangiz, bunday usulni qoʻllashingiz ayni muddao. Mevali, sitrus, dengiz va gulli iforlar tez uchib ketadi. Lekin kunning eng issiq paytida  ulardan taralayotgan iforlarning sizga qancha quvonch va shodlik bag‘ishlashini hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. O‘zingizning hammom sochig‘ingizga atir seping va cho‘milib chiqqandan so‘ng,  unga o‘ralib oling. Yoz aynan zavqlanish uchun yaratilgan, shunday emasmi?

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin