II Xalqaro maqom san’ati festivali Zominda bo‘lib o‘tadi

27-30-iyun kunlari Zomin II Xalqaro maqom sanʼati festivali dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarni kutib oladi

Foto: O‘zbek milliy maqom san’ati markazining PR-xizmati, "Maqom" ansambli

Zomin shaharchasida UNESKO va ISESCO (Islom dunyosi ta’limoti, fan va madaniyati masalalari bo‘yicha tashkilot) shafeligida Xalqaro maqom san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi yil o‘tkazilayotgan anjumanda 80ga yaqin davlatdan 400dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Xalqaro hay’at “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrosi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” kabi uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi.

II Xalqaro maqom sanʼati festivali doirasida “Maqom sanʼatining nazariy va amaliy asoslari: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles