Isabel Marant reklama kampaniyasi
2025-yilgi bahor-yoz kolleksiyasida nimalar kutilmoqda
Moda uyi 2025-yilgi bahor-yoz kolleksiyasining reklama kampaniyasidan dastlabki kadrlarni namoyish etdi. Reklama yuzlari sifatida janubiy koreyalik qo‘shiqchi va aktyor Pak Sonxva hamda supermodel Keyt Moss tanlangan.
Brend ta’kidlashicha, ATEEZning K-pop yulduzi Sonxva Marant Homme erksevarlik mohiyatini mujassamlashtirgan bo‘lsa, Keyt Moss brendning tabiiy jozibadorligini aks ettiradi.
“Isabel Marant’ning kiyimlar orqali yetkazayotgan hikoyalari meni butunlay maftun etdi. Ularning har birida mujassam bo‘lgan brendning dadil va kuchli o‘ziga xosligi nafaqat meni, balki butun dunyodagi ko‘plab insonlarni ilhomlantiradi”, – deya izoh berdi Sonxva.