Isabel Marant va Converse ilk hamkorlik ishini taqdim etdi

Brendlar Chuck Love tanketkali krossovkalarni ishlab chiqardilar

Fotо: Instagram / converse

Fransiyaning Isabel Marant moda uyi Converse bilan hamkorlikda Chuck Taylor modelining yangilangan ko‘rinishini taqdim etdi. Marant uni "bir oz eskirgan va bogemaga xos uslubda" yaratgan. 

Yangi model dizayni paxta va poliesterdan tayyorlangan eskirgan jakkard hamda chetlari ishlov berilmagan parusina matosini qo‘llash orqali yaratilgan. To‘plamga 6 santimetr balandlikdagi poshnali Chuck 70 Wedge krossovkalari, shuningdek, Marant elementlari va brendingi bilan bezatilgan Chuck 70 ning bir necha varianti kiritilgan.

 

"Tanketka (bu quyma, ya’ni yaxlit taglikning bir turi bo‘lib, oyoq uchidan tovongacha qalinlashadi)dagi krossovkalar haqida o‘ylaganingizda Isabel Marantni eslaysiz... Hech kim Parijning erkin uslubini Isabelchalik mujassamlashtira olmaydi", - deydi Converse kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi bosh menejeri Brandis Russell.

Yangi mahsulotlar 11-sentyabrda Isabel Marant butiklarida va rasmiy saytida paydo bo‘ladi. 12-sentyabrdan boshlab esa, ushbu modellar Converse do‘konlarida ham sotuvga qo‘yiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles