J.Kim Toshkentda eksperimental ijodiy laboratoriya ochdi

U Chorsuda joylashgan

25 Okt 2024
Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

J.Kim brendi “J.Kim Objects” art-loyihasini taqdim etdi, uning doirasida zamonaviy shakllar O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchilik texnikasi bilan birlashtiriladi. Hamkorlikdagi uyg‘unlik va izchillik natijasida J.Kim savdo obyektlari Chorsu bozoridan o‘rin oldi.

Bu yerda faqat savdo-sotiq ishlari amalga oshirilmaganligi sabab do‘kon o‘zining joylashgan o‘rni bilan o‘zaro bog‘liklikda yashaydi. Chorsu bozorida savdolashishadi, tomoshalar uyushtirishadi, bolalar o‘ynashadi, ibodat qilishadi, nigohlar to‘qnashadi. Brend jamoasi har bir mehmon o‘z obyektlari yordamida Chorsu bo‘ylab o‘zining betakror sayohatini boshdan kechirishini xohlaydi.

Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

«Men bu yerda o‘z olamimni yaratishni xohlardim. Sen bozorda yurishing, keyin esa tasodifan na zamonaviy, na tarixiy O‘zbekistonga o‘xshamaydigan butunlay boshqa, sehrli makonga tushib qolishing kerak», – deydi J.Kim brendi asoschisi Jenya Kim.

Tabiiy materiallardan tayyorlangan interyer dizayni o‘zbek va koreys madaniyatlariga teran va ko‘zga tashlanmaydigan havolalar asosida qurilgan. “J.Kim Objects”ga seshanba-shanba kunlari soat 10:00 dan 14:00 gacha Saqichmon ko‘chasi, 1/12 manziliga tashrif buyurish mumkin.

Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

Foto: J.Kim/Varvara Toplennikova

Maqolani baham ko'ring

Related articles