Jacquemus yubiley namoyishini o‘tqazdi
Unga La Casa deb nom berildi.
Каждый предмет на этой странице был выбран редактором ELLE. Мы можем получать комиссионные за некоторые из товаров, которые вы решите купить.
Simon Porte Jacquemus o‘zining cruise to‘plamini namoyish etdi. Tomosha Jacquemus brendining 15 yilligiga bag‘ishalangan edi.
«Men o‘z brendimni Jean-Luc Godardning “Nafrat” filmini tomosha qilib, uning qarashining zamonaviyligi va go‘zalligi bilan ilhomlanish natijasida yaratganman. Namoyishimning Casa Malaparteda o‘tqazilishi juda buyuk sharafdir»deb yozadi Simon o‘zining sahifasida.
Jacquemus referenslar sifatida filmdagi qahramonlardan foydalanadi. Ularning orasida Brigitte Bardot ham bor edi. Namoyishni qahramonga hurmat timsoli – qaymoq rangli “tukli” palto-xalat ochib berdi.
Dizayner murakkab tuzilishdagi ishni taqdim etdi. Ko‘ylaklar assimetrik yoqali, orqasi ochiq shippaksimon poyabzallar – animalistik rangda, ko‘ylaklar esa biroz shaffof ko‘rinishga ega bo‘ldi. Simon zebrani to‘liq ko‘rinishda kiyinishni tavsiya qiladi. Barcha podium liboslari allaqachon sotuvda.