Jahon mehmonxonalari xaritasi

Vaqt sinovidan o‘tgan sifat

Fotо: Instagram / Oberoihotels

Unutilmas sayohatning asosi bizning vaqtinchalik uyimizga aylangan joylarda ham hotirjamlikka ega bo’lishdir. Ko‘pgina mehmonxona tarmoqlari orasida sayohatchilarning turli ehtiyojlariga javob beradiganlari va har bir mehmon o‘zini muhim his qiladigan makonni yaratadiganlari bor. ELLE O‘zbekiston tahririyati yuqori darajadagi qulaylik, xizmat ko‘rsatish va hashamat bilan ajralib turadigan dunyodagi eng mashhur mehmonxonalar ro’yxatini tayyorladi.

The Ritz-Carlton

Birinchi Ritz-Carlton mehmonxonasi 1927-yilda Bostonda ochilgan. Mehmonxonalar tarmog‘ini kengaytirish 1970-yilda boshlangan va hozirda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 75 dan ortiq filiallarga ega. Ritz-Carlton mehmonxonalari o‘zining hashamatli muhiti, mukammal xizmati va nafis uslubi bilan mashhur. Ularning asosiy xususiyati tafsilotlarga e’tiborlilik va har bir mehmonga individual yondashuvdan iborat.

Park Hyatt

Zamonaviy va hashamatli Park Hyattni deyarli har bir mamlakatda topish mumkin. Ushbu mehmonxonalar tarmog‘i yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish, nafis minimalistik interyer va mayda detallargacha e’tibor qaratishi bilan shuhrat qozongan. Shuningdek, bu yerda spa-muolajalardan tortib, jahon oshpazlarining eksklyuziv taomlarigacha bo‘lgan turli xil xizmatlar taqdim etiladi.

 

Mandarin Oriental Hotel Group 

Mandarin Oriental Group mehmonxonalari nafis hashamat va sharqona mehmondo‘stlik ramzi sifatida ta’riflanadi. Ular nafaqat betakror dizayni va favqulodda qulayligi bilan, balki har bir mehmon uchun unutilmas taassurotlarni yaratishga alohida yondashuvi bilan ham mashhur. Mandarin Oriental qadimiy Osiyo an’analariga asoslangan spa majmualari bilan ajralib turadi. Ushbu tarmoq mehmonxonalarida bo‘lish shunchaki dam olish emas, balki hayotdan zavqlanishning mumtoz san’ati.

Four Seasons Hotels and Resorts

Butun dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq Four Seasons mehmonxonalari jahon darajasidagi murosasiz hashamat va xizmatni o‘zida mujassam etadi. U yerda har bir mehmon o‘zini aziz his qiladi: shaxsiy yondashuv, ajoyib spa-markazlar va mashhur oshpazlarning beqiyos oshxonasi.

 

InterContinental Hotel Group

Dunyodagi eng yirik va eng xilma-xil mehmonxona tarmoqlaridan biri hashamatli kurortlardan tortib hamyonbop shahar mehmonxonalarigacha bo‘lgan keng turdagi mehmonxonalarni taklif etadi. InterContinental brendi o‘zining nafisligi va yuqori darajadagi xizmati bilan mashhur. Xalqaro sifat standartidan tashqari, mehmonxonalarda maxsus IHG Rewards mijozlik dasturi mavjud bo‘lib, unda sayohatchilar ballar to‘plashlari va imtiyozlar olishlari mumkin.

 

Marriott International

Tarmoq har qanday ta’bga mos variantlarni taklif qiladi. Marriott mehmonxonalarining asosiy xususiyati joylashuv va mijozlik dasturidan qat’iy nazar o’zgarmas xizmat ko‘rsatish sifatidir. Kompaniya turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan 36 dan ortiq mehmonxonalarga ega. Masalan, JW Marriott – bu guruh brendlaridan biri bo‘lib, unda barcha e’tibor mehmonlarni sog‘lomlashtirish va yaxshi his qilishga qaratilgan.

  

Fairmont Hotels and Resorts

Birinchi Fairmont mehmonxonasi 1907-yilda Tessi va Virjiniya Feir tomonidan San-Fransiskoda ochilgan. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq mehmonxonalar mavjud. Fairmont Hotels and Resorts tarixiy merosni zamonaviy qulaylik bilan uyg‘unlashtiradi. Ular o‘zining yuqori darajadagi xizmati, nafis restoranlari va ekologik tashabbuslari bilan mashhur.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin