Oltin globus 2025: gilamdagi yulduzlar bezagi

Qimmatbaho jilva

06 Yan 2025
Photo: elleusa

Qizil yo‘lakdagi qimmatbaho taqinchoqlar yulduzlar tashqi ko‘rinishining ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning har biri dunyo brendlarining o‘ziga xosligi va mahoratini namoyon etib, yuksak zargarlik madaniyatining timsoli bo‘lib qolmoqda.

Zendaya Bvlgarining gavharlar va braziliya turmalinlari to‘plamida yarqirab, ularni 5 karatli brilliantli Jessica McCormack halqasi bilan to‘ldiradi. Demi Mur va El Fanning esa Cartier’ning nafis bezaklarini afzal ko‘rishdi. Kerri Vashington o‘z qiyofasini Messika buyumlari bilan ajratib ko‘rsatdi, Ariana Grande esa nafis Givenchy’ni tanladi.

Photo: instagram/elleusa

Zoya Saldana shokolad rangidagi libosini Cartier Melis mumtoz zargarlik san’atining yangi kolleksiyasi buyumlari bilan bezadi. 2,64 karat og‘irlikdagi sariq olmosli marjon haqiqiy san’at asariga aylandi, uni yaratish uchun 738 soat sarflandi.

Photo: instagram/elleusa

Reychel Brosnaxen libosini David Yurman High Jewelry peridotli va “pave” zanjirli marjoni bilan to‘ldirdi. Sintiya Erivo Haute Couture va Domino Roberto Moneta kolleksiyalaridan, jumladan, 18 karatli oq oltindan yasalgan olmosli sirg‘a va uzuklarni tanladi. “So‘ngi shou qizi”filmidagi roli uchun nomzod bo‘lgan Pamela Anderson umumiy og‘irligi 66 karat bo‘lgan Pandora laboratoriya olmoslari bilan bezatilgan marjoni bilan hayratda qoldirdi.

Photo: instagram/elleusa

“Shogun” serialining yulduzi Anna Savai Cartier arxiv marjonida oq va sariq oltinni olmoslar bilan uyg‘unlashtirgan holda yarqiradi. Kristin Milioti Rodarte libosini Boucheron taqinchoqlari bilan to‘ldirdi, Anya Teylor-Joy esa Tiffany & Co. zargarlik buyumlarini tanladi. Keyt Xadson Bulgari taqinchoqlarini taqdi, Nikol Kidman esa Boucheron va Omega mahsulotlarini birlashtirdi.

Photo: instagram/elleusa

Qizil yo‘lakdagi obrazlarni uyg‘unlashtiruvchi zargarlik buyumlari olmos qirralari, nodir toshlar va ularni sayqallash san’ati orqali ochib beriladigan to‘laqonli tarixdir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles