Brending bo‘yicha kutib olishadi

Nafaqat identifikasiya, balki madaniyat va merosning bir qismi hamdir

14 Avg 2024
Foto: SPOTLIGHT

СBir vaqtlar brendlar ramziyligi yaxshilik uchun xizmat qilgan. Sifatni ifodalash uchun qo‘llanilgan. Bugun XXI asr, logomaniya eng cho‘qqiga chiqqan bir paytda esa, bu sifat nisbati bilan uzviy bog‘liqlikdan ko‘ra ko‘proq trendga aylanmoqda. Biroq aynan shu ikki xil brending dizaynerlarga moda dunyosi bozorida o‘zlarini tanishtirishga imkon eshigini ochdi.

Ba’zi bir dunyoviy brendlar paydo bo‘lganidan ancha vaqt o‘tib, o‘z logotiplariga ega bo‘ldilar. Boshqalari esa tarix va taraqqiyot haqida gapirib, o‘z timsollarini tabiiy ravishda yaratdilar.

Foto: Spotlight / Gucci

Burberry

Otdagi chavandoz 1909-yilda patentlangan, ammo ilk bor sakkiz yil oldingi mahsulotlarda paydo bo‘lgan. Prorsum yoki “Oldinga” degan yozuv ramziy logotipga hamrohlik qildi. Bu ramzni tanlash ob-havoga chidamli bo‘lgan gabardin matosining sarguzasht izlovchilar, aviatorlar hamda harbiylar tomonidan foydalanganligi bilan izohlanadi.

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Chanel

Coco Chanel 1925- yilda o‘z modalar uyi uchun logotip ishlab chiqdi. Bugungi kunga qadar, bu o‘zgarishsiz qolmoqda. Eng tanilgan ramzning mohiyati oddiylik va nafislik ustiga qurilgan. Bir-biriga bog‘langan “C” harflari qora rangda, uning foni esa oq rangda ifodalanadi. Bu logotipning nega shunday ekanligi hammaga ayon, ya’ni Coco Chanel ismining bosh harflari logotip sifatida tanlangan. Ammo, shunga qaramay, bu logotipning sirli tarixi oshkor etilmagan. Taxminlardan birida aytilishicha, bu logotipning yaratilishida Coco Chanel hayotining bir necha yilini o‘tkazgan XII asrga oid monastirdagi vitrajlar ilhom manbai bo‘lgan ekan.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Gucci

Tarixda Gucci logotipi yaratilishining aniq sanasi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo kompaniyaning o‘zi 1921-yilda Florensiyada paydo bo‘lgan. Qo‘shaloq “G” harflari xuddi Chanel logotipiga o‘xshaydi. Biroq bunda harflar oynali emas. Guccio Gucci bosh harflarini olib o‘z logotipini chiqargan. 70-yillarda Paolo Gucci brendni boshqargan. U sumkalar yaratishda logotipdan foydalangan va GGni birinchi marta kiyimlarga qo‘llagan. Ana o‘shanda bu modalar uyi o‘z maqomini qo‘lga kiritdi va yoqimli logotip sifatida atrofdagilar e’tiborini tortdi. Agar ko‘p hollarda brending o‘zgarmagan bo‘lsa-da, Gucci kompaniyasining sobiq kreativ direktori Alessandro Michele qoidalarga qarshi bordi. Logotip o‘ng tomonga egilib, gullayotgan g‘unchalar bilan bezatildi.

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Hermès

Bu modalar uyi logotipi yaratilish tarixi bilan chuqur bog‘liqdir. Egarlar, jabduqlar va boshqa yuqori darajadagi ot buyumlari brend yaratilishiga asos bo‘ldi. O‘sha vaqtlarda otlar asosiy transport vositasi edi. Hermes o‘zini Jokey klublari dunyosi va ijtimoiy hayot bilan tavsiflash uchun ot sportiga alohida e’tibor berdi. Ot va arava (kareta) ko‘rinishidagi logotip 1945-yilda rasmiy ravishda patentlandi. Logotipning asosi bu Alfred De Dreux guashi bilan chizilgan rasmi bo‘ldi.

Foto: SPOTLIGHT / Hermès

Louis Vuitton

Qadimgi modalar uyiga 1854-yilda asos solingan. Ammo uning monogrammasi ancha yoshroq. LV birinchi marta 1896-yilda hashamatli jamadonlarda paydo bo‘ldi. Louis Vuitton aksessuarlari dastlab hashamatli dizayni va suvga chidamliligi uchun qadrlangan. Logotipni yaratishga tashabbus Louis Vuittonning o‘g‘li George Vuittondan chiqdi. Maqsad sayohat uchun mo‘ljallangan jamadonlarni soxtalashtirishning oldini olish edi.

Foto: SPOTLIGHT / Louis Vuitton

Prada

XX asrda Prada Italiya Qirollik oilasining yetkazib beruvchilari bo‘lgan. Kompaniyalarga an’anaviy Savoy gerbi va sakkiz raqamidan foydalanishga ruxsat berildi. Biroz vaqt o‘tgach esa, kompaniyaning asoschisi Mario Pradaning yosh nabirasi  Miuccia Prada brendga rahbarlik qildi. U bobosining sandig‘idan ilhomlanib, 1980-yillarda logotipni yangi talqinda namoyish etdi. Prada emblemasini markali uchburchak metal nishonga bosib,  qora neylon sumkani ustiga o‘rnatdi. Sumka va yangi logotip Prada brendining  sinonimiga aylandi.

Foto: SPOTLIGHT / Prada

Versace

Gianni Versace 1978-yilda o‘z brendiga asos soldi. Uning logotipi Medusa esa 1993-yilda paydo bo‘ldi. Gorgonaning dahshatli qiyofasi, jozibali ramz, unga Afina ma’budasining g‘azabi uchun jazo sifatida berildi. Gianni Medusaning boshini tanlab, unga bo‘lgan barcha oshiqlar undan qochib qutula olmaydi deb o‘yladi.

Foto: SPOTLIGHT / Versace

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin