JW Anderson cheklangan kapsulani chiqardi
U Luka Guadanioning yangi “Kvir” filmiga bag‘ishlangan
JW Anderson moda uyi Luka Guadanyinoning yangi “Kvir” filmiga bag‘ishlangan cheklangan kolleksiyani taqdim etdi. Dizayner Jonatan Anderson filmning kiyim-kechak bo‘yicha rassomi sifatida ishtirok etdi.
To‘plamda kulrang, oltin, yorqin pushti va ko‘k ranglarda film nomi va titrlari tushirilgan svitshotlar hamda iplarida munchoq va “Men siz bilan... sukut ila gaplashmoqchiman” yozuvi bo‘lgan xudi mavjud. Bundan tashqari, Deniyel Kreyg va Dryu Starki tasvirlangan kadrlar tushirilgan futbolkalar, sumka va beysbolkalar ham taqdim etilgan.