Kann kinofestivali
Ishtirokchilar ma’lum bo‘ldi

13-24-may kunlari bo‘lib o‘tadigan 78-Kann kinofestivali ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Dasturni Ameli Bonninning “Bir kunni qoldir” filmi ochib beradi, hakamlar hay’atiga esa aktrisa Jyulyet Binosh raislik qiladi.
Asosiy yo‘nalishda Ari Asterning “Eddington”, Richard Linkleyterning “Yangi to‘lqin”, Jyuli Dyukornoning “Alfa”, Ues Andersonning “Finikiya rejasi”, Jan-Per va Lyuk Dardenlarning “Yosh onalar”, Kleber Mendos Filoning “Maxfiy agent”, Oliver Xermanusning “Tovush tarixi” hamda Sergey Loznitsaning “Ikki prokuror” asarlari namoyish etiladi.
Bundan tashqari, festivalda Fotih Akinning “Amrum”, Sebastyan Lelioning “To‘lqin”, Kirill Serebrennikovning “Jozef Mengelening g‘oyib bo‘lishi” va Tom Kruz ishtirokidagi “Bajarib bo‘lmas topshiriq” jangari filmining sakkizinchi qismi namoyish etiladi. Dasturning “Maxsus nigoh” bo‘limida Skarlett Yoxansson va Xarris Dikkinsonning ilk loyihalari e’lon qilingan.