Kann kinofestivali hay’atining yangi raisi

Lavozimga aktrisa Jyulyet Binosh tayinlandi

Photo: INSTAGRAM / JULIETTEBINOCHE

Fransiyalik aktrisa Jyulyet Binosh 78-Kann kinofestivali hakamlar hay’atining raisi etib tayinlandi. Bu yilgi tadbir 13-24 may kunlari o‘tkaziladi. Hay’atning boshqa a’zolari aprel oyida e’lon qilinadi.

“Hakamlar hay’ati a’zolari va tomoshabinlar bilan hayotiy tajribamni o‘rtoqlashishni sabrsizlik bilan kutyapman. 1985-yilda bu zinalardan ilk bor yosh aktrisaning g‘ayrati va jur’atsizligi bilan ko‘tarildim. O‘shanda 40 yildan so‘ng rais bo‘lishimni tasavvur ham qilolmagandim. Men bu ulkan sharaf va mas’uliyatni qadrlayman”, – deydi Binosh. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles